21 okt 08:22
Yangiliklar
Futbol

Sulsherning MYUsi tarixiy rekordni qayd etdi
"Manchester Yunayted" klubi kecha oqshom safarda PSJni mag'lub etdi.
Qayd etish kerak, jamoa barcha turnirlardagi so'nggi ketma-ket 10 safar o'yinining barchasida g'alaba qozonmoqda.
MYU "Norvich", "Brayton" (3 bora), "Aston Villa", "Kristal Pelas", "Lester", "Nyukasl", "Luton Taun" hamda PSJ maydonida g'alabalarga erishdi va shu orqali klub tarixidagi rekordni qayd etdi.
Endi jamoaning navbatdagi safar o'yini 4 noyabr kuni Turkiyada "Istanbul" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar