25 avg 08:15
Yangiliklar
Tennis

Sultonov Baltimor turnirining chorak finaliga chiqdi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov AQSHning Merilend shtati Baltimor shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi Prince George’s County International turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Musobaqaning asosiy to'r bahslarida to'qqizinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz chorak final ishtirokchisiga aylandi. U uchinchi davra uchrashuvida turnirning sakkizinchi raketkasi, boliviyalik Xuan Karlos Aguilarni 4:6, 6:1, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Bugun Humoyun yarim final chiptasi uchun o'tkaziladigan bahsda Miomir Kechmanovichga qarshi kortga chiqadi. Serbiyalik bu tennischi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilyapti.
Malumot uchun, Sultonov juftliklar bahsida germaniyalik Rudolf Molleker bilan birga uchinchi raqamli tandemni xosil qilgandi. Lekin ular ikkinchi davrada AQSH va Kolumbiya tennischilariga yutqazib qo'yishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar