23 sen 11:50
Yangiliklar

Sultonov CHimkent turniri finalida, Fayziev mag'lub bo'ldi
Bugun turnirning yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi. Musobaqaning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev turnirning to'rtinchi raqamli ishtirokchisi, estoniyalik Vladimir Ivanovga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda Ivanov 6:1, 4:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Yana bir tennischimiz, 17 yoshli Humoyun Sultonov esa final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U turnirning oltinchi raketkasi rossiyalik Ivan Davidovni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etib, finalga chiqdi.
Etiborlisi, Humoyun ikkinchi bosqichda turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Viktor Baludani 7:6(5), 6:3 hisobida engib, o'ziga xos shov-shuv ko'targan edi.
Fikrlar