22 sen 11:48
Yangiliklar
Tennis

Sultonov CHimkentda final ostonasida to'xtatildi
Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov final ostonasida to'xtatildi.
Istedodli tennischimiz yarim final uchrashuvida Bosniya va Gercegoviniya vakili, turnirning beshinchi raketkasi Tomislav Brkichga 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 18 yoshli Humoyun dunyo reytingida 940, 27 yoshli Brkich esa 271-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar