20 sen 07:33
Yangiliklar
Tennis

Sultonov CHimkentdagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
Unda bir yo'la to'qqiz nafar tennischimiz bahslarga kirishadi. Turnirning birinchi raketkasi sifatida aynan hamyurtimiz Sanjar Fayziev qayd etilgan. Istedodli Jo'rabek Karimov esa beshinchi raqam ostida harakat qiladi.
Kecha ikki tennischimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin o'zaro uchrashuvda to'qnash kelishdi. Unda o'smirlar o'rtasidagi US Open-2016 turnirining chorak finalchisi bo'lgan Humoyun 6:0, 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Sultonov ikkinchi davrada turnirning uchinchi raketkasi, rossiyalik Viktor Baludaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar