31 avg 19:26
Yangiliklar
Sultonov ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga chiqdi. Ilk davrada o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz!
International Challenger-Zhangjiagang saralash turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov ikki g'alabasi evaziga asosiy to'r yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ikkinchi raketkamiz 1/2 finalda xitoylik Fumin Jiangni 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etdi. Saralashning final bahsida esa avstraliyalik Joshua CHarltondan uch set natijasiga ko'ra ustun keldi - 3/6, 6/3, 6/4.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Sultonov ATP reytingida 466, Fumin 1718, CHarlton esa 755-pog'onadan joy olgan. Endi asosiy to'rning ilk bosqichida o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Sultonov mamlakatimizning birinchi raketkasi, jahon reytingida 295-o'rinni egallab turgan Sergey Fominga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar