29 avg 16:46
Yangiliklar
Tennis

Sultonov Kanadadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Kanadaning Kvebek shahrida start olgan o'smirlar o'rtasidagi Canadian Open Junior Championships turniri asosiy to'ridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Sultonov ilk davrada Buyuk Britaniya vakili Elaystayr Greyni 3:6, 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Endi Humoyun ikkinchi bosqichda Elliot Benchetritga qarshi kortga chiqadi.
Franciyalik bu tennischi turnirning 15-raketkasi sifatida etirof etilgan. Elliot birinchi davradan ozod etilgani bois, o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar