04 sen 15:45
Yangiliklar
Tennis

Sultonov US Open turnirida ishtirok etadi, ilk raqib malum
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladigan yilning to'rtta nufuzli turniridan biri bo'lgan US Open turnirining o'smirlar o'rtasidagi bahslari asosiy to'rida ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasida Yonas Eriksson Zivertsga qarshi kortga chiqadi. SHveciyalik bu tennischi asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelganini aytish joiz.
Malumot uchun, Sultonov Kanadaning Kvebek shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Canadian Open Junior Championships turnirining uchinchi davrasiga qadar etib borgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar