06 sen 09:35
Yangiliklar
Tennis

Sultonov US Open turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov AQSHning Nyu-York shahrida start olgan yilning to'rtta nufuzli turniridan biri bo'lgan US Open turnirining o'smirlar o'rtasidagi bahslarini g'alaba bilan boshladi.
Qura natijasiga ko'ra hamyurtimiz asosiy to'rning ilk davrasida Yonas Eriksson Zivertsga qarshi kortga chiqdi. SHveciyalik bu tennischi asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgandi.
Ikki set davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Endi Sultonov ikkinchi davrada turnirning uchinchi raqamda saralangan tennischisi, amerikalik Uilsis Blanchga qarshi kortga chiqadi. Blanch birinchi bosqichda braziliyalik Orlando Luzni 6:4, 6:4 hisobida engdi.
Malumot uchun, o'tgan hafta Humoyun Sultonov Kanadaning Kvebek shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Canadian Open Junior Championships turnirining uchinchi davrasiga qadar etib borgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar