10 sen 11:55
Yangiliklar
Tennis

Sultonov US Open turnirining yarim finaliga chiqa olmadi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov AQSHning Nyu-York shahrida davom etayotgan yilning to'rtta nufuzli turniridan biri bo'lgan US Open turnirining o'smirlar o'rtasidagi bahslarida o'z ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz chorak final uchrashuvida turnirning ettinchi raketkasi yaponiyalik Yosuke Vattanukega qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda Kunchiqar yurt vakili 6:4, 6:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Humoyun Sultonov chorak finalga qadar shveciyalik Yonas Erikkson, turnirning uchinchi raketkasi amerikalik Ulises Blanch, franciyalik Korentin Moutetni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar