08 may 11:59
Yangiliklar

Superbet Chess Classic Romania. Nodirbek Abdusattorov 100 000 dollar uchun kurashni boshladi
Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib umumiy summaning 100 000 dollariga ega bo'ladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham bahslarga kirishdi.
Grossmeysterimiz ilk turda amerikalik tajribali shaxmatchi Levon Aronyanga qarshi qora donalarda o'ynab, yakunda durangga imzo chekdi. Birinchi turning 5 ta partiyasidan 3 tasida durang qayd etildi. Francuz Alireza Firuzdja vatandoshi Maksim Vashe-Lagravni, amerikalik Uesli So esa mezbon shaxmatchi Bogdan-Daniel Dikni mag'lubiyatga uchratdi.
Amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju hamyurti Rameshbabu Praggnanandha bilan murosaga keldi. Yan-Krishtoff Duda (Polsha) - Fabiano Karuano (AQSH) partiyasida ham tomonlar durangga rozi bo'lishdi.
Fikrlar