10 may 10:50
Yangiliklar

Superbet Chess Classic Romania. Nodirbek Abdusattorov 3-turda yana bir hind bilan hisob-kitob qildi
Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib umumiy summaning 100 000 dollariga ega bo'ladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bormoqda.
Dastlabki ikki turda grossmeysterimiz mos ravishda amerikalik tajribali shaxmatchi Levon Aronyan hamda amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan durang o'ynagandi. Kecha 3-turda hamyurtimiz qora donalarda yana bir hind shaxmatchisi Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi bahs olib bordi va afsuski, bu safar imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Uchinchi turning 5 ta partiyasidan 3 tasida durang natija qayd etildi. Fabiano Karuana qora donalarda o'ynaganiga qaramay, francuz Alireza Firuzdjani mag'lub eta oldi. Jahon chempioni Gukesh bu safar ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik bilan murosaga keldi. Uesli So (AQSH) - Yan-Krishtoff Duda (Polsha) hamda Levon Aronyan - Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) partiyalarida ham tomonlar durangga rozi bo'lishdi.
Fikrlar