11 may 08:10
Yangiliklar
SHaxmat

Superbet Chess Classic Romania. Nodirbek Abdusattorov Fabio Karuana bilan durang o'ynadi, bugun mezbonga qarshi o'yin bor
Ruminiya poytaxti Buxarest shahri klassik shaxmat bo'yicha nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda.
Mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Superbet Chess Classic Romania turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Grossmeysterimiz musobaqaning 4-turida AQSH vakili Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda kurash olib bordi va durang qayd etdi.
Endi yurtdoshimiz bugun Ruminiya vakili Bogdan-Daniel Disga qarshi oq donalarda bahs olib boradi.
4-turdan so'ng turnir jadvali quyidagi ko'rinishda:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar