12 may 14:41
Yangiliklar

Superbet Chess Classic Romania. Nodirbek Abdusattorov qachon g'alaba qozonadi?
Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib umumiy summaning 100 000 dollariga ega bo'ladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bormoqda.
Ortda qolgan beshta tur uchrashuvida grossmeysterimiz hali g'alaba qozongani yo'q. SHu kungacha 3 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan shaxmatchimiz kecha 5-turda ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik bilan murosaga keldi. Beshinchi turning qolgan partiyalari ham durang natija bilan yakuniga etdi.
Bugun Abdusattorov 6-turda qora donalarda franciyalik Maksim Vashe Lagravga qarshi bahs olib boradi. Turnir jadvalida Lagrav 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'rindagi Fabiano Karuana hisobida ham 3 ochko bor.
Nodirbek Abdusattorov, Yan-Kshishtof Duda va amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju hisobida 2 tadan ochko bor.
Fikrlar