10 mar 19:41
Yangiliklar

Superliga. 20 mingdan ziyod muxlis kelgan derbida "Bunyodkor" "Paxtakor"ni mag'lub etdi
O'yinning 79-daqiqasida Rustam Ashurmatov yaqin masofadan Eldor Suyunovni dog'da qoldirdi va hisobni ochdi - 1:0. 90+3-daqiqada Sobirxo'jaev to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilandi.
Penaltini Jasur Hakimov amalga oshirdi, to'pni Murodjon Zuhurov qaytardi!!! Yigirma mingga yaqin tomoshabin kuzatgan uchrashuv "Bunyodkor"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Bunyodkor" stadioni. 20186 tomoshabin
“Bunyodkor” – “Paxtakor” 1:0 (0:0)
Gol: Rustam Ashurmatov 79, - 1:0.
Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Hakimov 90+3 (darvozabon).
"Bunyodkor": 25.Murod Zuhurov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 2.Rustam Ashurmatov, 6.Anvar G'ofurov, 4.Akrom Komilov - 8.Javlon Ibrohimov, 44.Mirjamol Qosimov (18.Sardor Sobirxo'jaev, 60), 30.Xurshid G'iyosov (3.Islom Qobilov, 85) 11.Murodjon Toshmatov, 9.SHahzodbek Nurmatov, 13.Sanjar Qodirqulov (28.Davron Umirov, 46).
"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov - 2.Akmal SHorahmedov, 4.SHerzod Azamov, 55.Marko Simich, 34.Farruh Sayfiev - 8.Dilshod Rahmatullaev (7.Azimjon Ahmedov, 82), 80.Rostin Griffits - 77.Tiago Bezerra, 18.Bahrom Abduraximov (22.Jasur Yaxshiboev, 69), 9.Jaloliddin Masharipov - 11.Ismoil Gonsalvesh (20.Jasur Hakimov, 78).
Fikrlar