So’nggi yangiliklar

09:59"Мен 100% қафасдаги жанг тарафдориман". Жо Байденнинг ўғли Трампнинг ўғилларига "вызов" ташлади 0 09:38Таэквондо WT бўйича ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатига бағишланган флешмоб ўтказилди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:17"Рома" ўз уйида аутсайдерни қийинчиликсиз мағлуб этди + ВИДЕО 0 08:56Майк Тайсон Фьюрига мурожаат қилди ва жавобини ҳам олди 0 08:35Илия Топурия: "Махачев бировнинг пулини санамаслиги керак" 0 08:14Бадиий гимнастика бўйича Жаҳон кубогининг очилиш маросими бўлиб ўтди 0 07:53Арбелоа "Реал"нинг "Жирона" билан ўйинда очко йўқотиш сабабини айтди 0 07:32Кардида чемпионлик жанги бўлган UFC 327 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди 0 07:11Фьюри Маҳмудовдан оғирроқ тош босди (барча тарози натижалари) 0 18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0

25 may 11:38
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun 10-turning dastlabki 4ta o'yini bo'ladi

Bugun Superligada 10-tur o'yinlari start oladi.

DINAMO — QIZILQUM


Bu mavsumda o'z uyida yutqazmagan "Dinamo" (3 g'alaba va 2 durang), safarda hali g'alaba qozona olmagan "Qizilqum"ni (2 durang va 3 mag'lubiyat) qabul qiladi.

Samarqand klubi Superligadagi oxirgi 4ta o'yinda mag'lub bo'lgani yo'q (1 g'alaba va 3 durang). Ikki turdan buyon raqiblar "Dinamo" darvozasini ishg'ol qila olishmayapti.

"Qizilqum" esa so'nggi ikki turda g'alaba nimaligini bilmadi. Navoiy shahri klubi to'rt turdan buyon raqiblari darvozasiga bittadan gol urib kelmoqda.

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatlarida 34 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. SHundan 15tasida "Qizilqum"ning qo'li baland kelgan, 10ta uchrashuvda Samarqand klubi zafar quchgan. Qolgan 9ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

"Qizilqum" o'z tarixida 3 marta bu klubni safarda mag'lub eta olgan ekan. O'zaro o'yinlarning oxirgi 4tasida xoh uyda, xoh safarda bo'lsin "Dinamo" umuman g'alabaga erisha olmagan (1 durang va 3 mag'lubiyat).


SURXON — QO'QON-1912


Bu mavsumda hozircha eng kam (7ta) gol o'tkazgan "Surxon" eng ko'p (20ta) gol o'tkazgan "Qo'qon-1912" bilan to'qnash keladi.

"Surxon"ning o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 5ta o'yinni tashkil etmoqda (2 g'alaba va 3 durang).

"Qo'qon-1912" so'nggi beshta turni faqat safarda o'tkazdi va bu o'yinlarda bir marta g'alaba qozondi xolos. Jamoa to'rtta o'yindan buyon yuta olmayapti.

Bu ikki klub chempionat doirasida 16 marta to'qnash kelishgan. Sakkiz bor Termiz klubi, etti bor Qo'qon klubi g'olib bo'lgan. Faqat bir marta durang qayd etilgan.

So'nggi marta "Qo'qon-1912" Termizdan 1999 yilgi mavsumda g'alaba bilan qaytgan ekan.


NAVBAHOR — ANDIJON


Bu turdagi vodiy derbisi. "Navbahor"ning mag'lubiyatsiz seriyasi oltita o'yinga etdi. "Andijon" esa aksincha to'rtta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti.

Ushbu klublar O'zbekiston chempionatida bunga qadar 46 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Kattagina ustunlik Namangan klubi tomonida. "Navbahor" 24 bor zafar quchgan. 10 marta "Andijon" 3 ochkoni qo'lga kiritgan. Qolgan 12ta uchrashuvda esa durang kuzatilgan.

"Navbahor" o'z tarixida Namanganda bu jamoaga hech qachon mag'lub bo'lmagan ekan (18 g'alaba va 5 durang).


METALLURG — BUNYODKOR


O'tgan turda bir xil 0:0 hisobida durang o'ynagan ikki klubning o'zaro to'qnashuvi.

"Metallurg" bu mavsum hozirgacha o'z maydonida umuman mag'lub bo'lmadi (3 g'alaba va 1 durang). "Bunyodkor" esa chempionatdagi so'nggi ikki turda mag'lub bo'lgani yo'q.

Bekobod klubi ketma-ket ikki tur raqiblar bilan 0:0 hisoblarida durang o'ynadi.

Bu ikki klub shu kungacha o'zaro 26 marta o'yin o'tkazishgan. SHundan 19tasida "qaldirg'ochlar" zafar quchishgan. Uch marta "Metallurg" g'olib bo'lgan va 4 marta durang qayd etilgan.

Oxirgi marta "Bunyodkor" Bekoboddan 2015 yilgi mavsumda g'alaba bilan qaytgan ekan. SHundan keyin safardagi 4ta o'yinda "qaldirg'ochlar" bu raqibni yuta olishmadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing