So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

15 iyu 11:22
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun 11-tur start oladi va Qo'qonda stadion ochiladi

Bugun O'zbekiston Superligasida 11-tur uchrashuvlari boshlanadi.

18:00 - QO'QON-1912 — DINAMO

"Qo'qon-1912" bu mavsumda Qo'qondagi ilk o'yinini shu tur o'tkazadi. Samarqandning "Dinamo" klubi safarda 4ta o'yinda maydonga tushdi va umuman g'alaba qozona olmadi (2 durang va 2 mag'lubiyat).

"Dinamo"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 5ta o'yinga etdi (1 g'alaba va 4 durang). "Qo'qon-1912" bu mavsumda hozirgacha eng ko'p gol o'tkazgan klub bo'lib turibdi - 22ta.

Qo'qonliklar esa aksincha beshta o'yindan buyon yuta olishmayapti (1 durang va 4 mag'lubiyat).

Bu klublar O'zbekiston chempionatida jami 18 marta to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy klubining ustunligini ko'rsatmoqda. Qo'qonliklar 8 marta g'alaba qozonishgan. Besh marta Samarqand klubi zafar quchgan va yana beshta uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Dinamo" o'z tarixida hech qachon Qo'qondan g'alaba bilan qayta olmagan - 3 durang va 6 mag'lubiyat.

19:30 - LOKOMOTIV — SURXON

Musobaqa jadvalida ikki va uchinchi o'rinda borayotgan klublar o'rtasidagi bahs. "Surxon" ustozi Andrey Miklyaev sobiq klubiga qarshi.

"Lokomotiv" 9ta turdan buyon yutqazmay kelmoqda (6 g'alaba, 3 durang). Oxirgi 3ta o'yinda "temiryo'lchilar" darvozasiga hech qaysi klub gol ura olmadi.

Amaldagi chempion bu yil o'z maydonida umuman yutqazmadi - 4 g'alaba, 2 durang. "Surxon"ning safardagi ko'rsatkichlari: 2 g'alaba va 2 mag'lubiyat.

Bu klublar ushbu mavsumda eng kam gol o'tkazgan jamoalar hisoblanishadi: "Lokomotiv" 7, "Surxon" 8.

"Lokomotiv" hamda "Surxon" O'zbekiston chempionatida faqat 2004 yilgi mavsumda o'zaro kuch sinashishgan. Qizig'i ikkala bahsda ham hisob ochilmagan. Yani o'zaro o'yinlarda hech bir tomon gol ura olmagan.

20:00 - QIZILQUM — SO'G'DIYONA

Ushbu mavsumda umuman durang o'ynamagan yagona klub Navoiyda mehmon bo'ladi.

"Qizilqum" uchta turdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda (2 durang, 1 mag'lubiyat). "So'g'diyona" esa aksincha oxirgi uchta o'yinning barchasida g'alaba qozondi.

O'zaro o'yinlar tarixiga nazar solsak 32ta uchrashuvning teng yarmida "Qizilqum" g'olib bo'lganini ko'rish mumkin. Etti o'yinda Jizzax klubining qo'li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda durang kuzatilgan.

Etiborlisi "Qizilqum" o'z maydonida hech qachon bu jamoaga yutqazmagan ekan - 11ta g'alaba va 5ta durang.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing