17 okt 10:16
Yangiliklar
Futbol

Superliga. Bugun 19-tur start oladi. AGMK Muborakda mehmon
Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tadi.
Oxirgi 4ta turda 4 marta mag'lub bo'lgan "Mashal" o'z maydonida so'nggi 4ta turda umuman yutqazmagan AGMKni qabul qiladi. Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 19 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 9 marta "Mashal" g'olib bo'lgan, 6 marta AGMK zafar quchgan. Qolgan 4ta bahsda durang qayd etilgan.
Birinchi davrada Olmaliqda o'tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishgandi. AGMK o'z tarixida hech qachon Muborakda g'alaba qozona olmagan: 2 ta durang, 7 ta mag'lubiyat.
Bugungi o'yinda "Mashal" himoyachisi Samandar SHukurullaev sariq kartochkalari 4 taga etgani bois maydonga tusha olmaydi. AGMKda Igor Zonich va Mirjamol Qosimov bugungi bahsda qatnashishmaydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar