So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

23 noy 11:28
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun 24-tur start oladi, markaziy o'yin Qarshida

Teglar :  Superliga
Bugun Superliganing 24-turidan o'rin olgan dastlabki 4ta o'yin bo'lib o'tadi.

"METALLURG" - "DINAMO"
23 noyabr. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 14:30
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Rustam CHoriev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Oxirgi 11ta turda faqat mag'lubiyat alamini totib ko'rayotgan "Dinamo" o'z maydonida so'nggi ikki uchrashuvda ikki marta mag'lub bo'lgan "Metallurg" mehmoni bo'ladi.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida o'zaro 37ta o'yin o'tkazishgan. 18ta bahsda "Dinamo", 11ta uchrashuvda "Metallurg" g'alaba qozongan. 8ta o'yinda g'olibni aniqlashning imkoniyati bo'lmagan. Bu ikki klub Bekobodda 18 marta to'qnash kelishgan va shundan uchtasida "Dinamo" g'alabaga erishgan.

Dastlabki davrada Samarqandda o'tgan o'zaro uchrashuvda "Dinamo" 3 ochkoni qo'lga kiritgan. Ixtiyor Toshpo'latov va Mirkomil Loqaevning gollariga bekobodliklar tarkibida Muzaffar Muzaffarov javob bergan edi - 2:1.


"QO'QON-1912" - AGMK
23 noyabr. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 14:30
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: SHohrux Said

Musobaqa jadvalining ikkinchi qismida borayotgan ikki klub o'rtasidagi bahs.

Bu jamoalar hozirga qadar chempionat doirasida 11 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Olti marta AGMK, 3 bor "Qo'qon-1912" uch ochkoni qo'lga kiritgan. Ikki marta durang kuzatilgan.

Qo'qonda o'tgan 5ta uchrashuvning uchtasida mehmonlar g'alaba qozonishgan.

Bu mavsumda AGMK so'nggi uchta turda umuman mag'lub bo'lgani yo'q (ikki g'alaba va bir durang). "Qo'qon-1912" esa o'z maydonidagi oxirgi uchta uchrashuvning hech birida g'alaba qozona olmadi (ikki mag'lubiyat va bir durang).

3-turda Olmaliqda kechgan o'zaro bahsda tomoshabinlar 8ta gol guvohiga aylanishgandi. AGMK safida Zafar Polvonov beshta, Dilshod Jo'raev esa ikkita to'p kiritgandi. Qo'qonlilar safida bitta golga Murod Xolmuhammedov penaltidan urgan edi - 7:1.


"QIZILQUM" - "BUXORO"
23 noyabr. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 16:45
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Isxak Ibragimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Oybek Yunusov

Superligada qolish uchun kurashayotgan klublar o'rtasidagi bahs.

Qizig'i bu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 37ta o'yin o'tkazishgan. Natijalar mutlaqo teng. Ikki klub ham 16tadan bahsda g'olib chiqqan, 5ta bahsda durang qayd etilgan.

"Qizilqum" oxirgi uch yilda o'z maydonida "Buxoro" bilan o'yinlarning barchasida mag'lub bo'lgan. So'nggi marta Navoiy klubi 2015 yilda o'z maydonida bu raqibdan ustun kelgandi.

Bu ikki jamoaning o'zaro oxirgi 7ta uchrashuvida (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Buxoro" umuman mag'lub bo'lmagan.

Uchinchi turda Buxoroda o'tgan o'zaro o'yinda durang qayd etilgandi. Mehmonlar vakili Medina Smit hisobni ochgan, bunga birinchi davrada "Buxoro"da hozir "Qizilqum"da o'ynayotgan Doston Ibragimov javob bergandi - 1:1.



"NASAF" - "PAXTAKOR"
23 noyabr. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 13:30
Hakamlar
: Olim To'ychiboev, Rishat Nugmanov, SHohrux Azamov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: SHerzod Rajabov

2019 yilgi Superliganing amaldagi chempioni Qarshida "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yin musobaqa jadvali etiboridan "sherlar"ga hech qanday ahamiyat kasb etmasa, "ajdarlar" uchinchi o'rin uchun imkoniyatni saqlab turishibdi.

"Nasaf" va "Paxtakor" shu kunga qadar milliy chempionatda 45ta o'yin o'tkazishgan. 26 marta "sherlar", 9 marta "ajdarlar" g'olib chiqishgan. 10ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Bu ikki jamoaning o'zaro oxirgi 3ta uchrashuvining barchasida (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Paxtakor" muvaffaqiyat qozongan.

Dastlabki davrada "Paxtakor" maydonida o'tgan uchrashuvda "sherlar" zafar quchishgandi. Marat Bikmaev penaltidan hisobni ochgan, ikkinchi taym boshida Vladimir Kozak o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Egor Krimec gol urib "Paxtakor"ga g'alaba keltirgan edi - 2:1.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing