So’nggi yangiliklar

13:13"Ҳали "сўнгги рақсим" бўлади". Александр Усик барча камарларини вакант қолдирди 0 12:39Байрам муборак, азиз ҳамкасблар! 0 11:58Бугун Нурсултон Рўзибоев UFC Baku турнирида жанг қилади (жанг вақти + трансляция) 0 10:177 та тўп фарқи? Учинчи ўриндагиларнинг ҳолати қандай? 0 19:58Самбо. Осиё-Океания чемпионатининг иккинчи кунида ёшларимиздан 10 та медаль 0 17:59Таэквондо терма жамоамиз "Kazakhstan Open" халқаро турнирини кучли учликда якунлади 0 17:24Радулович "Пахтакор"да иш бошлади 0 16:56Уимблдон турнирининг асосий тўр баҳсларига қуръа ташланди 0 16:30Нурсултон Рўзибоев UFC'да навбатдаги синов олдида: Андрей Пуляевга қарши жанг нимаси билан аҳамиятли? (мутолаа учун) 0 15:58Моунтинбайкчиларимиз Бўстонлиқдаги Осиё чемпионатида 3 та медални қўлга киритишди 0 15:18Осиё мамлакати ассоциацияси ФИФА аъзолигидан чиқарилди 0 14:43UFC Fight Night 280. Нурсултон Рўзибоев рус рақиби билан бир хил вазн қайд этди (Тўлиқ натижалар) 0 14:12Ислам Махачев - Йен Гэрри жангини ким суғурталаши маълум 0 13:44Гэтжи ESPY томонидан "Йил жангчиси" мукофотига номзод сифатида қўйилди 0 13:13Аёллар терма жамоамиз Билли Жин Кинг кубогидаги иштирокини ўтган йилги натижасини яхшилаган ҳолда якунлади 0

12 may 12:34
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun 8-turning oxirgi uchta o'yini bo'ladi

Bugun Superliganing 8-turidan o'rin olgan so'nggi 3 ta o'yin bo'lib o'tadi.

"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912"

Bu mavsum hali o'z stadionlarida umuman o'yin o'tkazmagan ikki klub to'qnashui. Bu turda "qaldirg'ochlar" TTYMI stadionda o'ynashadi.

Bu jamoalar bugunga qadar O'zbekiston chempionatida sakkiz marta ro'baro kelishgan. Uchrshuvlarning oltitasida “Bunyodkor” g'alabaga erishgan. Ikki uchrashuvda "Qo'qon-1912" raqibdan ustun kelgan.

"Bunyodkor" ham, "Qo'qon-1912" ham ikki turdan buyon yuta olmayapti. 

"Surxon" - "Buxoro"

Bu klublar O'zbekiston chempionatida 24 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik "Buxoro" tomonida - 15 g'alaba. Besh bor "Surxon" 3 ochkoga ega chiqqan va 4 marta durang kuzatilgan.

Oxirgi uchta o'zaro o'yinning barchasida "Buxoro" g'olib bo'lgan ekan.

Bu mavsumda "Buxoro" uchta uchrashuvdan buyon g'alaba qozona olmayapti. "Surxon"da esa g'alabasiz seriya 4ta o'yinga etdi. Bundan tashqari termizliklar 4ta o'yindan buyon gol ura olishmayapti.

"Surxon" bu yil o'z maydonida umuman yutqazgani yo'q (1 g'alaba va 3 durang). "Buxoro" esa safarda uchta o'yin o'tkazib uch xil natija qayd etdi (g'alaba, durang va mag'lubiyat). 

"Metallurg" - "Lokomotiv"

“Lokomotiv” shu paytga qadar “Metallurg”ga qarshi 30ta bahs o'tkazgan. O'zaro o'yinlarning 18tasida “temiryo'lchilar” jamoasi zafar quchgan. 4ta bellashuvda esa “konchilar”ning “qo'li baland” kelgan. Yana 8ta o'yin durang bilan nihoyasiga etgan.

“Temiryo'lchilar” Bekobodda “Metallurg” bilan o'tgan 15 bahsning 6tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 4 bahs tomonlarning kuchi teng kelgan. Yana shuncha o'yinda bekobodliklar o'z uylariga g'alaba bilan qaytishgan.

"Metallurg" bu mavsum o'z maydonidagi uchta o'yinning barchasida raqiblarini mag'luba eta oldi. "Lokomotiv" esa safarda ikki uchrashuvda maydonga tushdi hamda bir g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing