So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

25 avg 11:26
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun AGMK - "Navbahor" va yana ikkita o'yin bor

Bugun Superliganing 12-turidan o'rin olgan navbatdagi 3 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. 12-tur

QIZILQUM — SO'G'DIYONA
25 avgust 2020 yil. Toshkent. TTYMI stadioni. 17:00 ("Sport TV" LIVE)
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, Xusniddin SHodmonov, Sultonmurod Ulfatov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Ikkinchi restartni ikkita g'alaba bilan boshlagan "Qizilqum" oldingi ikkita turda bir ochko to'plagan "So'g'diyona" bilan bellashadi. Agar Navoiy klubi bugun ham g'alaba qozonsa 2016 yilgi ketma-ket uchta g'alabali natijasini takrorlaydi.

Ushbu jamoalar hozirga qadar 34 bor to'qnash kelishgan. SHundan 16tasida "Qizilqum" g'olib bo'lgan, 8ta o'yinda "So'g'diyona"ning qo'li baland kelgan. Yana 10ta uchrashuvda durang kuzatilgan.

O'zaro o'yinlarning oxirgi 4tasida "So'g'diyona" bu jamoaga umuman yutqazmagan - 1 g'alaba, 3 durang. Etiborlisi "Qizilqum" mezbon bo'lgan 17ta o'yinning hech birida "So'g'diyona"ga yutqazmagan ekan.


AGMK — NAVBAHOR
25 avgust 2020 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00 ("Sport TV" LIVE)
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Superliganing bu mavsumida hali mag'lub bo'lmagan AGMK so'nggi ikki turda g'alaba nimaligini bilmagan "Navbahor"ga qarshi o'ynaydi. Agar bugungi o'yinda AGMK mag'lub bo'lmasa, klub o'zining mag'lubiyatsiz seriyali rekordini takrorlaydi. Jamoaning eng uzun mag'lubiyatsiz seriyasi 2017 yilda qayd etilgan va u 12ta o'yindan iborat.

Mazkur klublar O'zbekiston chempionati doirasida 24 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 11 bor AGMK, 7 bor "Navbahor" 3 ochkoni qo'lga kiritgan. Qolgan 6ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan.

O'tgan mavsumda "Navbahor" bu raqibni yuta olmagan - 1 durang, 1 mag'lubiyat. AGMK mezbonligida o'tgan oxirgi 2ta uchrashuvda "Navbahor" mag'lub bo'lmagan - 1 g'alaba, 1 durang.


SURXON — METALLURG ("Bunyodkor" stadioni)
25 avgust 2020 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00 ("Mahalla TV" LIVE)
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Ahamdjon Ergashev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Zohid Akromov

Ikkinchi restartda hali g'alaba qozonmagan klublar o'rtasidagi bahs. "Surxon" oxirgi ikki turda bir durang va bir mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, "Metallurg" ikki uchrashuvda ikki bor mag'lub bo'ldi.

Bu jamoalar bugunga qadar 16 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. 7 marta Bekobod klubi, 2 marta Termiz klubining qo'li baland kelgan. Qolgan 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

O'zaro oxirgi 3ta o'yinda "Metallurg" bu jamoaga yutqazmagan - 2 g'alaba, 1 durang. "Surxon" so'nggi bor 16 yil avval, 2004 yilda "Metallurg" ustidan g'alabaga erishgan. "Surxon" mezbonligi ostida 8 marta o'yin o'tkazilgan. SHundan 6tasida 1:1 hisobi qayd etilgan. Yana ikki uchrashuvda mezbonlar g'olib bo'lishgan. Yani Bekobod klubi "Surxon" uyidan hech qachon g'alaba bilan qaytmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing