So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

05 may 13:23
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun Andijon, Olmaliq va Navoiyda o'yinlar bor

Bugun Superliganing 7-turidan o'rin olgan so'nggi 3 ta o'yin bo'lib o'tadi.

ANDIJON — DINAMO

O'tgan yil quyi ligada o'ynagan ikki klubning o'zaro to'qnashuvi. "Andijon" ham, "Dinamo" ham bu mavsumda 7tadan gol o'tkazishdi.

"Burgutlar" o'z maydonlarida hozircha bitta uchrashuv o'tkazishdi va g'alaba qozonishdi. "Dinamo" esa safarda ikkita o'yinda maydonga tushib ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bu mavsum samarqandliklar safarda hozircha gol ura olishmayapti.

Bu ikki jamoa milliy chempionatimizda jami 40 marta to'qnash kelishgan. 18ta o'yinda "Dinamo" zafar quchgan, 14 marta "Andijon". Yana 8ta bahsda durang qayd etilgan.

"Andijon" oxirgi o'zaro 6ta o'yinning hech birida xoh uyda, xoh safarda bo'lsin "Dinamo"ni mag'lub eta olmayapti (1 durang va 5 mag'lubiyat).

Dastlabki 6ta turda eng kam gol urgan jamoa “Andijon” bo'ldi – 4ta gol. 

AGMK — SURXON

Mirjalol Qosimov Andrey Miklyaevga qarshi. Ikki yil oldin bu murabbiylar Toshkent derbisida to'qnash kelishardi.

Olmaliqliklar dastlabki 6ta turda eng kam ochko to'plab, musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasidan o'rin olib turibdi.

“Surxon” oxirgi 3ta turda raqib darvozasiga umuman gol ura olgani yo'q. AGMK esa so'nggi ikki turda to'p kirita olmadi.

AGMK va “Surxon” klublari bu mavsum o'zaro birinchi marta to'qnash kelishadi. CHunki AGMK 2008 yil oliy ligaga chiqqan, “Surxon” esa 2004 yil oliy ligani tark etgan. 

QIZILQUM — BUNYODKOR

"Qizilqum" Superligadagi so'nggi 4ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmadi (1 durang va 3 mag'lubiyat). "Bunyodkor" esa aksincha oxirgi 4ta o'yinning hech birida mag'lub bo'lgani yo'q (3 g'alaba va 1 durang).

Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatiga shu kunga qadar 24 marta to'qnash kelishgan. "Qizilqum" bu o'yinlarning atigi 2tasida g'olib chiqqan. 4 marta durang kuzatilgan hamda 18 marta "Bunyodkor"ning qo'li baland kelgan.

"Qizilqum" o'z maydonida o'tgan 12ta uchrashuvning atigi bittasida mezbonlar g'olib bo'lishgan (2010 yil). "Qizilqum" o'z uyida "Bunyodkor"ni 9 yildan buyon yuta olmayapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing