17 may 08:41
Yangiliklar
Futbol

Superliga. Bugun "Lokomotiv" - "Bunyodkor"
Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuv o'tkaziladi.
LOKOMOTIV — BUNYODKOR
Ayni paytda ikki va uchinchi o'rinda borayotgan klublar o'rtasidagi bahs. "Lokomotiv" bu mavsum o'z maydonida umuman yutqazmadi. "Temiryo'lchilar"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 7 ta o'yinga etdi. Biroq oxirgi ikki uchrashuvda jamoa yuta olmadi (ikki durang).
Ushbu klublar O'zbekiston chempionatida 24 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar mutlaqo teng. Ikkala klub 9 tadan g'alabaga erishgan. Qolgan olti bahsda durang qayd etilgan.
"Bunyodkor" o'zaro uchrashuvlarning oxirgi 5tasida bu klubni mag'lub eta olmagan. "Qaldirg'ochlar" ustozi Vadim Abramov o'z vaqtida "Lokomotiv"ni ham boshqargan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar