So’nggi yangiliklar

22:05Аичи-Нагоя. Замонавий бешкурашчиларимиз Осиё ўйинларидаги иштирокини бошлашди 0 21:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Олтита терма жамоамиз ҳам мусобақани ғалаба билан бошлади 0 19:02Макгрегор Холлоуэйга қарши жангдаги мағлубиятдан норози 0 18:24"Насаф"нинг Осиё Чемпионлар Лигаси 2 мусобақаси 1-туридаги рақиби ҳақида 0 17:45Акбар Абдуллаев ва яна 3 нафар спортчи DWCS турниридан кейин UFC билан шартнома имзолади 0 17:12Сув полочи қизларимизнинг Осиё ўйинларида қатнашадиган таркиби эълон қилинди 0 16:30Царукян тасдиқлади: UFC юлдузи Руффига қарши жангда унинг бурчагида бўлади 0 15:46Ямаль ўзини Месси, Роналду ва Марадона билан солиштирди 0 15:02Аичи-Нагоя-2026: спорт гимнастикаси бўйича эркаклар жамоамиз таркиби эълон қилинди 0 14:26Дана Уайт UFC 331 турнири учун янги бонусни эълон қилди 0 14:07"Агар унга ютқазсам, ҳаммаси нарсамни йўқотаман" - Арман Царукян 0 13:41Расман! Лазизхон Ўзбековга Холмурод Нурматовдан реванш олиш имкони берилди (ПОСТЕР) 0 13:15"Насаф" бугун ОЧЛ 2 мусобақасида ўз юришини бошлайди 0 12:442,5 млн доллар! Ҳатто ютқазган шахматчи ҳам миллионерга айланади 0 12:13Майкл Пейж: "Доғистонликлар зерикарли жанг кўрсатишади, лекин UFC`да қолишмоқда" 0

27 apr 09:36
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun "Lokomotiv" o'z uyida, "Paxtakor" safarda o'ynaydi

Bugun Superliganing 6-turidan o'rin olgan navbatdagi uchta o'yin o'tkaziladi.

"Lokomotiv" oxirgi 4ta turda g'alabaga erishgan Superligadagi yagona klub bo'ldi. "Qizilqum" esa uchta turdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

"Temiryo'lchilar" 5ta turda raqib darvozasiga eng ko'p gol urishdi - 10ta. "Qizilqum" O'zbekiston chempionatida bu raqibga qarshi o'tgan so'nggi 10ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan.

"Lokomotiv" o'z uyida "Qizilqum"ga faqat ikki marta yutqazgan xolos (2005 va 2012 yil).

"Metallurg" bu mavsum Bekobodda ikkita o'yin o'tkazdi va har ikkalasida g'olib bo'ldi. "Qo'qon-1912" chempionatdagi ilk g'alabasini o'tgan turda safarda qo'lga kiritdi.

Bu jamoalarning Bekobodda o'tgan 9ta uchrashuvning 7tasida "Metallurg" g'olib bo'lgan. Bir marta durang qayd etilgan va bir marta "Qo'qon-1912" safardan g'alaba bilan qaytgan (2002 yil).

O'tgan yil "Qo'qon-1912"da o'ynagan Bahodir Pardaev ayni paytda "Metallurg" sharafni himoya qilmoqda. 2018 yil "Metallurg" azosi bo'lgan Javohir Esonqulov hozirda qo'qonliklar tarkibida.

"So'g'diyona" o'tgan yangi bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi g'alabaga erishdi. "Paxtakor" esa chempionatni mag'lubiyatsiz davom ettirayotgan yagona klub bo'lib turibdi.

"Paxtakor" bu yil safardagi ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgani yo'q. "So'g'diyona" esa o'z uyida 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etdi.

"So'g'diyona" Jizzaxda "Paxtakor"ni so'nggi bor 1999 yilgi mavsumda mag'lub etgan ekan. SHundan keyin o'z maydonidagi 15ta o'yinning hech birida "So'g'diyona" "sherlar"dan ustun kela olmagan.

"Paxtakor" O'zbekiston chempionatida xoh uyda, xoh safarda bo'lsin qatorasiga 11ta o'yindan buyon "So'g'diyona"ni mag'lub etib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing