So’nggi yangiliklar

13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0 11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0 10:32Ана холос! Қозоғистонлик жаҳон чемпиони рафиқасига нисбатан шафқатсиз зўравонликда айбланмоқда! 0 09:47Ўзбекистон профессионал бокс федерациясига янги раис сайланди 0 09:02ЎФАга очиқ савол: терма жамоаларга мураббий тайинлашда қачонгача “эксперимент” қилинади? 0 19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0

04 may 12:52
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun "Navbahor"da ochilish o'yini, "Nasaf" esa Buxoroda mehmon

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 7-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

NAVBAHOR — SO'G'DIYONA

Bu mavsum Namangandagi stadiondagi dastlabki o'yin "Navbahor" va "So'g'diyona" o'rtasida bo'lib o'tadi. "So'g'diyona" bu mavsum ikki marta safarda o'yin o'tkazdi va ikkalasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. O'zbekiston chempionati doirasida bu ikki jamoa jami 46 marta to'qnash kelishgan. 23ta uchrashuvda "lochinlar" zafar quchishgan. 6 marta durang kuzatilgan va 17ta bahsda jizzaxliklar ustun kelishgan.

"So'g'diyona" o'z tarixida hech qachon "Navbahor"ni safarda mag'lub eta olmagan ekan (5 durang, 18 mag'lubiyat). Bu yilgi chempionatning oxirgi uchta turida "Navbahor" umuman mag'lub bo'lmadi (2 g'alaba va 1 durang).

Mazkur uchrashuvda "So'g'diyona" himoyachisi Elyor Orifov va SHohruz Norxonov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. 

BUXORO — NASAF

Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ikki jamoa o'rtasida bahs. Baxtiyor Ashurmatov Ro'ziqul Berdievga qarshi. Ikkala jamoa ham dastlabki 6ta turda 8tadan gol o'tkazib yubordi.

"Buxoro" bu yil o'z maydonida hozircha umuman g'alaba qozongani yo'q (2 durang va 1 mag'lubiyat). "Nasaf" esa safardagi uchta o'yinning hech birida zafar qucha olmadi (1 durang va 2 mag'lubiyat).

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida o'zaro 42 bor o'yin o'tkazishgan. SHundan 11tasida "Buxoro" g'olib chiqqan, 9ta bahsda durang qayd etilgan. Qolgan 22ta o'yinda "ajdarlar" muvaffaqiyat qozonishgan.

"Nasaf" oxirgi ikki yil Buxorodagi o'yinlarda ikki marta mag'lub bo'lgan. Etiborlisi bu bahslarda "Buxoro" xatto gol ham o'tkazmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing