So’nggi yangiliklar

12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0

21 avg 09:01
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun "Paxtakor" - "Nasaf" va boshqa o'yinlar bo'ladi

Bugun Coca Cola Superligada 11-turning navbatdagi 3 ta o'yini bo'lib o'tadi.

21 avgust, juma
ANDIJON – AGMK
21 avgust 2020 yil. Toshkent. TTYMI stadioni. 17:00. "SPORT TV LIVE"
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Timur Galeev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Adhamjon Ergashev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Bu mavsum g'alaba qozona olmagan "Andijon" umuman mag'lub bo'lmagan AGMK bilan o'ynaydi.

Ushbu klublar hozirga qadar o'zaro 18ta uchrashuv o'tkazishgan. AGMK 10 bor, "Andijon" 4 bor g'olib bo'lgan. Qolgan 4ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Andijon" 2011 yildan buyon AGMKni mag'lub eta olmay kelmoqda. AGMKning bu jamoaga qarshi bahslardagi mag'lubiyatsiz seriyasi 10ta o'yinga etgan.


LOKOMOTIV – QO'QON-1912
21 avgust 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30. "DUNYO BO'YLAB TV LIVE"
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Ahmed Tillaev

Kecha bosh murabbiy Andrey Fyodorov bilan xayrlashgan "Lokomotiv" bu tur "Qo'qon-1912" bilan to'qnash keladi.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 10 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Besh marta "Lokomotiv" g'alaba qozongan va besh bor durang qayd etilgan. "Qo'qon-1912" o'z tarixida hech qachon bu jamoani mag'lub eta olmagan.

O'zaro oxirgi 4ta o'yinning barchasida ikkala jamoa kamida bittadan gol urishgan. Oxirgi ikki uchrashuvda esa durang qayd etilgan.


PAXTAKOR – NASAF
21 avgust 2020 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00. "SPORT TV LIVE"
Hakamlar
: Ahrol Risqullaev, Husniddin SHodmonov, Ruslan Serazitdinov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Oxirgi 6ta turda umuman mag'lub bo'lmagan "Paxtakor" so'nggi 3ta turda yutqazmagan "Nasaf"ni qabul qiladi.

Bu klublar hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida 46 marta o'zaro to'qnash kelishgan. 27 marta "sherlar", 9 marta "ajdarlar" g'olib bo'lishgan. Qolgan 10ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

"Paxtakor" o'zaro so'nggi 4ta o'yinning barchasida "Nasaf"ni mag'lub etgan. So'nggi bor "Nasaf" 2017 yilgi mavsumda "Paxtakor"dan ustun kelgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing