08 sen 09:50
Yangiliklar

Superliga. Bugun "Paxtakor" OCHLdan oldingi so'nggi o'yinni "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi
CHempionatlar tarixida ushbu jamoalar o'zaro 47 bor to'qnash kelgan. "Paxtakor" 39 uchrashuvda zafar quchgan, "Metallurg" hisobida 4 ta g'alaba bor. Yana 4 uchrashuv durang bilan tugagan. "SHerlar" 125 ta gol urishgan, bekobodliklar esa 36ta.
Bekobodda o'tgan uchrashuvlarning 17 tasida "SHerlar" g'alaba qozongan, ikki bellashuv durang bilan tugagan bo'lsa, 4 ta to'qnashuvda "Metallurg" ustun kelgan. "Metallurg" o'z maydonidagi oxirgi 4 ta o'yinda "Paxtakor"ga 4 bor mag'lub bo'lgan.
O'zaro o'yinlarda eng ko'p golni Igor Sergeev urgan - 9 ta. Anvar Soliev hisobida 8, Server Jeparovda 6 tadan gol mavjud. "Metallurg"dan Dilmurod Karimov 6 golni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Ruslan Vagapov va Zohid Abdullaev esa 3 tadan to'p kiritgan.
"Metallurg" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin 8 sentyabr, seshanba kuni soat 19:00da Bekoboddagi "Metallurg" stadionida boshlanadi.
Coca Cola Superliga. 16-tur
8 sentyabr, seshanba
19:00 - METALLURG – PAXTAKOR
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Doston Rahmonov
Fikrlar