So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

29 iyu 09:55
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun "Paxtakor" Qo'qonda mehmon bo'ladi, Babayan "Loko"da debyut qiladi

Bugun Superligada birinchi davraning eng so'nggi to'rtta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

18:00 - LOKOMOTIV — SO'G'DIYONA (Mahalla TV LIVE)

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Ahmadjon Ergashev

"Lokomotiv" Samvel Babayan qo'l ostidagi ilk bahsni "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi.

"Lokomotiv" o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda (5 g'alaba, 2 durang). "So'g'diyona" esa oxirgi 5ta turda hech kimga yutqazgani yo'q (3 g'alaba, 2 durang).

Ushbu klublar O'zbekiston chempionatida jami 22 marta o'zaro hisob-kitob qilishgan. 16 uchrashuvda "temiryo'lchilar"ning qo'li baland kelgan. To'rtta bahsda durang qayd etilgan. "So'g'diyona" bu raqibni faqat ikki marta mag'lub eta olgan xolos.

"Lokomotiv" Toshkentda o'tgan 11ta o'yinning barchasida "So'g'diyona"ni mag'lub etgan. Yani Jizzax klubi ushbu jamoa maydonidan hech qachon ochko bilan ham qayta olmagan.

Oxirgi marta "So'g'diyona" "Lokomotiv"ni 2008 yilda (o'z uyida) mag'lub etgan ekan. SHundan so'ng ketma-ket 15ta o'zaro o'yinlarda "Loko" umuman mag'lub bo'lmagan.

18:00 - QO'QON-1912 — PAXTAKOR (Sport TV LIVE)

Hakamlar: Vadim Agishev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G'ayrat Jo'raev

O'z maydonida bitta o'yin o'tkazgan "Qo'qon-1912" safarda umuman yutqazmagan "Paxtakor"ni qabul qiladi.

"Paxtakor" bu mavsum bironta o'yinda yutqazmagan yagona klub bo'lib turibdi. "Qo'qon-1912" oxirgi 7ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmadi (3 durang, 4 mag'lubiyat).

O'zaro o'yinlarda ustunlik "Paxtakor" tomonida. "SHerlar" 26ta o'yinning 14tasida g'olib bo'lishgan. Besh bor "Qo'qon-1912" zafar quchgan. Yana 7ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

"Qo'qon-1912" so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda ushbu jamoani mag'lub etgan ekan. SHundan keyingi 8ta uchrashuvda "Paxtakor" qo'qonliklarga umuman mag'lub bo'lmagan.

Oxirgi to'rt yilda Qo'qonda o'tgan o'zaro o'yinlarning barchasida durang kuzatilgani etiborga molik.

"Paxtakor" so'nggi bor bundan 17 yil avval (2002 yil) Qo'qonda g'alaba qozongan.

20:00 - NASAF — SURXON 

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin

Qashqadaryo va Surxondaryo klublari o'rtasidagi to'qnashuv. "Nasaf"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 2ta o'yinga etdi (g'alaba va durang).

Bu ikki klub shu kungacha chempionat doirasida 16 marta o'zaro bahs olib borishgan. 12ta uchrashuvda "ajdarlar" g'olib bo'lishgan. Uch marta durang qayd etilgan. "Surxon" o'z tarixida bir martagina "Nasaf"ni taslim qilgan. Bu voqea 1999 yil Termizdagi bahsda sodir bo'lgan.

Faqat Qarshidagi o'yinlarga etibor qaratsak "Nasaf" bo'lib o'tgan 8ta uchrashuvning barchasida bu raqibni mag'lub etgan. Yani "Surxon" Qarshidan faqat mag'lub bo'lib qaytgan ekan. Yana bir fakt: "Surxon" Qarshida 8ta o'yin o'tkazgan va raqib darvozasiga bittagina gol urgan (1997 yil).

20:00 - BUXORO — ANDIJON (Mahalla TV LIVE)

Hakamlar: Aziz Asimov, Artyom Kalinin, Farhod Usmonov, Naim Qosimov

Mavsum davomida bosh murabbiyi o'zgargan ikki klub o'rtasidagi bahs. “Buxoro” bu mavsum o'z uyida umuman yuta olmayapti (3 durang, 3 mag'lubiyat). “Andijon” esa safarda g'alaba nimaligini bilmayapti (4 durang, 3 mag'lubiyat).

"Andijon"ning g'alabasiz seriyasi 7ta o'yinga etdi (4 durang, 3 mag'lubiyat). "Buxoro"da esa seriya bitta o'yinga ko'proq (2 durang, 6 mag'lubiyat).

Ushbu klublar bugunga qadar O'zbekiston chempionatida jami 44 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Buxoro" 20ta, "Andijon" 12ta g'alabaga erishgan. Qolgan 12ta uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Andijon" Buxoroda o'tgan 22ta o'yinning faqat bittasida g'olib bo'lgan ekan. Bu voqea 2008 yilda sodir bo'lgan. Buxoroda o'tgan oxirgi 6ta o'yinda mezbonlar bu jamoaga yutqazishmagan (5 g'alaba, 1 durang).

O'zaro o'yinlarning so'nggi uchtasida (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Buxoor" uch marta g'alaba qozongan.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing