09 mar 11:08
Yangiliklar
Futbol

Superliga. Bugun Qarshi va Toshkentda o'yin bor
Bugun O'zbekiston Superligasining 2-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.
Qarshidada "Nasaf" klubi "Buxoro"ni qabul qiladi. Mazkur bahs soat 18:00da boshlanadi. Toshkentda esa "Lokomotiv" va "Metallurg" klublari o'zaro bahs olib borishadi. Bu o'yin soat 20:00ga belgilangan. Ikkala uchrashuvni SPORT telekanali jonli ravishda efirga uzatadi.
9 mart (juma)
“Nasaf” – “Buxoro”. 18:00.
Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), R.SHoyaxmetov (Toshkent), A.Po'latov (Toshkent), I.Ibrohimov (Nukus).
Nazoratchi – R.Aytekov (Toshkent).
Komissar – R.CHernikov.
“Lokomotiv” – “Metallurg”. 20:00.
Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro), X.SHodmonov (Buxoro), B.Qodirov (Buxoro), D.Karimov (Toshkent).
Nazoratchi – D.Roman.
Komissar – SH.Rajabov.
Havola :
Fikrlar