So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

26 apr 09:38
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun Samarqand, Qarshi va Buxoroda o'yinlar bor

Bugun Superliganing 6-turidan o'rin olgan dastlabki uchta o'yin o'tkaziladi.

Dastlabki beshta turda 7 ochko to'plagan ikki klub o'rtasidagi bahs. Har ikki jamoa ham 5ta turda 5tadan gol o'tkazib yubordi. "Dinamo" bu mavsumda Samarqandda umuman mag'lub bo'lgani yo'q - 2 g'alaba va 1 durang.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida jami 46 marta to'qnash kelishgan. 25 uchrashuvda "lochinlar"ning qo'li baland kelgan. 13ta bahs "Dinamo"ning g'alabasi bilan tugagan va qolgan 8 o'yinda durang kuzatilgan.

So'nggi o'zaro ikki uchrashuvda "Navbahor" bir xil 1:0 hisoblarida zafar quchgan. Bu yil "Dinamo" darvozasini qo'riqlayotgan Botirali Ergashev o'tgan mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qilgan edi.

Musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasida borayotgan klublar o'rtasidagi to'qnashuv. AGMK ham, "Nasaf" ham 5ta turda 4tadan ochko to'plashdi.

"Ajdarlar" ketma-ket uchta turdan buyon, olmaliqliklar esa ketma-ket ikki turdan buyon mag'lub bo'lishmoqda. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK bu mavsum safarda ikkita uchrashuv o'tkazdi va har ikkalasida mag'lub bo'ldi.

2018 yilgi mavsumni "Nasaf"da o'tkazgan Saydullo Rahmatov ayni paytda AGMK tarkibida o'ynamoqda. "Nasaf" bu jamoaga qarshi o'z maydonida 12ta o'yin o'tkazgan. Bu o'yinlarning 8tasida mezbonlar zafar quchishgan. AGMK Qarshida faqat bir marta (2018 yil) g'olib bo'lgan va 3 bor durang qayd etgan.

"Ajdarlar" o'z maydonidagi oxirgi ikki uchrashuvda Olmaliq jamoasini mag'lub eta olishmagan. Baxtiyor Ashurmatov sobiq klubiga qarshi. "Bunyodkor" oxirgi uch turdan buyon g'alaba qozonib kelmoqda. "Buxoro" esa bu mavsum o'z maydonida umuman g'alaba qozona olgani yo'q.

"Buxoro" himoyachisi Ergash Ismoilov "Bunyodkor"dan ijaraga olingan.

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida 24 marta to'qnash kelishgan va 19 marta "qaldirg'ochlar" zafar quchishgan. To'rtta uchrashuvda durang kuzatilgan. "Buxoro" o'z tarixida bir martagina "Bunyodkor"ni mag'lub etgan (2017 yil).

"Buxoro" oxirgi ikki uchrashuvda "Bunyodkor"ga umuman gol ura olmagan va ikki bor mag'lub bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing