14 apr 13:46
Yangiliklar
Futbol

Superliga. Bugun Termizda peshqadamlar bahsi
Bugun O'zbekiston Superligasining 4-turidan o'rin olgan so'nggi uch o'yin bo'lib o'tadi.
Ayni paytda musobaqa jadvalining eng yuqorisida borayotgan ikki jamoa o'rtasidagi bahs. Superligaga qaytgan termizliklar dastlabki uchta o'yinda 7 ochko to'plashdi va umuman mag'lub bo'lishmadi. "Paxtakor" esa mavsumni uchta g'alaba bilan boshlagan yagona klub bo'lib turibdi.
"Surxon" hozircha eng kam gol urgan klub hisoblanadi. Asilbek Amonov uchta o'yinda 1ta gol o'tkazdi, xolos. Bu klublar O'zbekiston chempionatida jami 24 marta to'qnash kelishgan. Qizig'i mana shu o'yinlarda umuman durang kuzatilmagan.
Termizda ushbu jamoalar o'rtasidagi 12ta o'yinning 4tasida mezbonlar g'olib bo'lishgan. Qolgan sakkizta uchrashuvda "sherlar" zafar quchishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar