So’nggi yangiliklar

18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0 17:46Клопп — Германия терма жамоасининг янги мураббийи! 0 17:07Амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони камар ҳимоячи учун рингга кўтарилди 0 16:29"У чемпион ва нима қилишни ўзи ҳал қилади". Кличко Усикнинг чемпионлик камарларидан воз кечиш қарори ҳақида 0 15:58"Махачев билан жанг қилмоқчи эдим". Усман дю Плессига жавоб берди 0 15:23The Athletic ЖЧ-2026`нинг 50 нафар энг яхши футболчиси номини эълон қилди 0 14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0 13:44Нодиржон Мирзаҳмедов Тошкентдаги бокс оқшомида тезкор ғалабага эришди 0 13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди + ВИДЕО 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0

19 iyu 10:37
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun Toshkent derbisi, "Qizilqum" esa Qo'qonda mehmon bo'ladi

Bugun futbol bo'yicha Coca Cola Superligasida 5-tur o'yinlari start oladi.

Coca Cola Superliga. 5-tur
19 iyun, juma
19:00 - “Qo'qon-1912” – “Qizilqum”
Hakamlar:
Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Xusan Nabiev, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Restartni mag'lubiyat bilan boshlagan ikki klub o'rtasidagi bahs. Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 18 marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning 6tasida qo'qonliklar, 11tasida navoiyliklarning qo'li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. O'tgan mavsum o'zaro o'yinlarda safarda o'ynagan jamoa g'alaba qozongani etiborga molik. Navoiyda "Qo'qon-1912" 1:0 hisobida yutgan bo'lsa, Qo'qonda "Qizilqum" 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan.

20:00 - “Paxtakor” – “Bunyodkor”
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Rahim Karimov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Vadim Abramov va SHota Arveladze to'qnashuvi. CHempionatlar tarixida bu jamoalar 28 bellashuvda maydonga tushishgan. Ularning 10 tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 9 ta bahsda durang kuzatilgan. Yana 9 ta bahsda "Bunyodkor" g'olib bo'lgan. Bir yil oldin ushbu jamoalar o'rtasidagi bahslar g'alati bo'lgan. Birinchi davradan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan va unda nominal mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. Ikkinchi davradan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi esa "Bunyodkor" o'yingohida tashkil etilgan hamda unda nominal mehmonlar, yani "qaldirg'ochlar" 3:2 hisobida zafar quchishgan. "SHerlar" 2019 yilgi mavsumda chempionatda bir bor mag'lub bo'lishdi va o'sha mag'lubiyat Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor"dan qabul qilingandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing