So’nggi yangiliklar

21:19"Номзодлар турнири". Ғалабали серия давом этади. Синдаровнинг навбатдаги қурбони Чин юрти вакили! 0 19:04Расман! Усик, Ричард Торрес ва Шаҳрам Ғиёсов жанг қиладиган Мисрдаги бокс оқшомининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 18:43Англия кубоги. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"ни тор-мор этиб, 1/2 финалга чиқди, Ҳусанов 90 дақиқа ишончли ўйнади 0 18:22Фурқатбек Ёқубовнинг рақиби оғир касаллик туфайли жанг қила олмайди — Mangu MMA 0 18:01Баҳодир Жалоловнинг ҳаёт йўли ва фаолиятига бағишланган "Енгилмас. Токиога йўл" фильми премьераси ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:40Тошкент 4 та терма жамоа иштирокидаги халқаро қўшма ўқув-машғулот йиғинига мезбонлик қилмоқда 0 17:19Манчини Италия терма жамоасини бошқаришга тайёр 0 16:58Арман Царукян: "Менга чемпионлик жангини беришмади, чунки..." 0 16:37Бекзод Қурбонов Жаҳон кубогининг финалига Америкада тайёрланмоқда 0 16:16Осиё чемпионатида яна икки йўқотиш. Маханов Оралбайга қарши жанг ўтказди 0 15:55"Барселона" Италия терма жамоаси футболчисини кузатмоқда 0 15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0

13 iyu 10:07
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun Toshkentda peshqadamlar uchrashuvi, "Qizilqum" esa Namanganda mehmon

Bugun Coca Cola Superligasida navbatdagi 9-turning navbatdagi ikkita uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. 9-tur

13 iyul, dushanba
20:00 - NAVBAHOR – QIZILQUM
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Ruslan Serazitdinov, Daler Tilloev, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Ramil Ilyasov

O'z maydonida 3ta o'yinning barchasida g'alaba qozongan va umuman gol o'tkazmagan "Navbahor" Namanganda bu mavsum umuman g'alaba nashidasini sura olmagan "Qizilqum" bilan kuch sinashadi.

Mazkur klublar 40 marta o'zaro ro'baro' bo'lishgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 15 marta, navoiyliklar esa 14 marta g'alaba nashidasini surishgan, 11ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik vakillarimiz tomonida - 52–46. O'zaro o'yinlarda “lochinlar” 56, “Qizilqum” esa 53 ochkoni qo'lga kiritgan. Ushbu klublarning Namanganda bo'lib o'tgan 20ta uchrashuvidan 10 tasida “lochinlar” zafar quchishgan, 6ta o'yinda esa durang natija qayd etilgan, 4ta bahsda navoiyliklar g'alaba qozonishgan.



20:00 - PAXTAKOR – AGMK
Hakamlar: 
SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Rustam CHoriev
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: SHohruh Said

Bu mavsum o'z uyidagi 5ta o'yinda 5ta g'alabaga erishgan "Paxtakor" 2020 yilgi O'zbekiston chempionatida umuman mag'lub bo'lmagan yagona jamoa AGMKni qabul qiladi. "SHerlar"ning g'alabali seriyasi 4ta o'yinga etdi, AGMK esa 5ta o'yindan buyon g'alaba qozonib kelmoqda.

Bu ikki jamoa chempionatlar tarixida 24 uchrashuvda o'zaro o'yin o'tkazishgan. 18 bellashuv "SHerlar" g'alabasi bilan yakunlangan. 2 o'yin durang bilan tugagan va 4 bor AGMK muvaffaqiyatga erishgan. Toshkentda AGMK bir marta, 2013 yil 2:1 hisobida zafar quchgan, yani 7 yildan buyon olmaliqliklar bu raqibni safarda mag'lub eta olishmayapti. O'z maydonida "Paxtakor" 9 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyatni qayd etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing