29 iyu 23:24
Yangiliklar

Superliga. Derbida "Lokomotiv" "Bunyodkor"dan ustun keldi
O'yinning 33-daqiqasida Rayevacning to'p uzatishidan so'ng Xurshid G'iyosov birga-bir vaziyatda Nesterovni ojiz qoldirdi - 0:1. 45+1-daqiqa Sardor Mirzaevning boshi bilan gol urdi, bu vaziyatda hakamlar Zuhurov to'pni darvoza chizig'i ichidan qaytardi deb topishdi - 1:1.
O'yinning 70-daqiqasida burchakdan uzatilgan to'pni To'xtaxo'jaev sherigiga uzatdi, Anzur Ismoilov to'pni darvozaga yo'lladi - 2:1. 90+1-daqiqada Mirzaevning ajoyib to'p uzatishidan keyin Rashidov Zuhurovni aldab o'tib, bo'sh darvozani ishg'ol qildi - 3:1. O'yinda "Lokomotiv" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Superliga 19-tur. 29 iyul, yakshanba
“Lokomotiv” — “Bunyodkor” 3:1
Gollar: Xurshid G'iyosov 33, - 0:1, Sardor Mirzaev 45+1, - 1:1. Anzur Ismoilov 70, - 2:1, Sardor Rashidov 90+1, - 3:1
"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullaev, 10. Marat Bikmaev (14. Azizbek Amonov, 88), 11. Timurxo'ja Abduholiqov (27. Sardor Rashidov, 66), 15. Sardor Mirzaev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Sanjar SHoahmedov, 28. SHuhrat Muhammadiev (9. Ikrom Aliboev, 75), 33. Oleg Zoteev, 55. Anzur Ismoilov.
"Bunyodkor": 25. Murodjon Zuhurov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Jo'raev, 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo'jaev, 20. Mirg'iyos Sulaymonov, 30. Xurshid G'iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (14. Mirjahon Mirahmadov, 70), 77. Azizbek Haydarov (10. Abdulla Abdullaev, 77), 99. Filipp Rayevac (9. SHahzodbek Nurmatov, 59).
Hakamlar: SHerzod Qosimov, Ruslan Serazetdinov, Andrey Capenko, SHavkat Nasibullaev.
Ogohlantirishlar: Mirg'iyos Sulaymonov 23, Sadriddin Abdullaev 38, Rustam Ashurmatov 83
Fikrlar