26 noy 10:59
Yangiliklar
Futbol

Superliga. Katta ehtimol bilan bugun chempion aniqlanadi
Bugun O'zbekiston Superligasida 31-turdan o'rin olgan so'nggi uchrashuv o'tkaziladi.
Toshkentda "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Mazkur bahsda "Lokomotiv" g'alaba qozonsa yoki durang o'ynasa, muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtiradi. Xattoki kichik hisobdagi mag'lubiyat ham "temiryo'lchilar"ni chempionga aylantiradi.
Sababi, "Paxtakor" maydonida o'tgan o'zaro o'yinda 1:3 hisobi qayd etilgan. "Lokomotiv" agar uchta to'p farqi bilan yutqazsagina, bugun chempion bo'la olmaydi.
Superliga, 31-tur. 26 noyabr, dushanba
18:00 “LOKOMOTIV” — “PAXTAKOR”
Havola :
Fikrlar