11 apr 22:29
Yangiliklar
Futbol

Superliga. "Lokomotiv" yana qizil oldi va "Nasaf"ga yutqazdi
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning 54-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Saydullo Rahmatovning qo'pol xatosidan so'ng Diyorjon Turopov gol urdi - 0:1. 60-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev ikkinchi bor ogohlantirish olib maydonni tark etdi.
64-daqiqada Igor Golban hisobni tenglashtirdi - 1:1. Uchrashuvning 70-daqiqasida o'ng qanotdan Lukich to'p uzatdi va Dragan CHeran gol urdi - 2:1. Ana shu hisob o'yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar