23 okt 20:41
Yangiliklar

Superliga. Markaziy o'yinda Bikmaev yana gol urdi hamda turning boshqa natijalari
Turning markaziy o'yini Toshkentda peshqadam "Lokomotiv" hamda Namanganning "Navbahor" jamoalari o'rtasida o'tkazildi. O'yinning 76-daqiqasida Marat Bikmaev tomonidan kiritilgan yagona gol "temiryo'lchilar"ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Quyi guruhda ishtirok etayotgan Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona"sini yirik 3:0 hisobida dog'da qoldirdi. O'yinda Bobur Abdixoliqov dublga erishdi. Yana bir gol SHarof Muhitdinov hisobiga yozildi.
Turning yana bir uchrashuvida "Qizilqum" klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida O'zbekiston Kubogi finalchisi Olmaliqning AGMK jamoasidan 2:1 hisobida ustun keldi. Mehmonlardan yagona javob to'piga Kamoliddin Murzoev mualliflik qildi.
Fikrlar