11 mar 17:39
Yangiliklar
Futbol

Superliga. "Navbahor" futbolchisi ikkinchi turda eng yaxshi futbolchi bo'ldi
Championat.asia nashri Superligada 2-turning eng yaxshi futbolchisi "Navbahor" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev bo'lganligini malum qildi.
Superliganing 2-turida "Navbahor" jamoasi Olmaliqda AGMKni taslim etishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu g'alabada "Navbahor" vingeri Azizbek Turg'unboevning hissasi katta bo'ldi. Dastlab jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajargan Turg'unboev, keyinchalik Dilshod Jabborovning goliga hammualliflik qildi. SHu tariqa Turg'unboevning goli va golli uzatmasi yakunda "Navbahor"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
SHu boisdan ham Superliganing 2-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga Azizbek Turg'unboev loyiq ko'rildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar