10 iyu 22:09
Yangiliklar

Superliga. “Navbahor” – “Qo'qon-1912” 3:0!
Vodiy derbisidan o'rin olgan uchrashuvda namanganlik futbolchilik yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi. O'yinning 5-daqiqasida Ilhom Boydedaev hisobni ochdi - 1:0. 19-daqiqada Azamat Allaniyozov ikinchi bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi - 2:0.
Uchrashuvning 74-daqiqasida Ro'zimboy Ahmedov raqib himoyachisining o'ta qo'pol xatosidan so'ng hisobni yiriklashtirdi - 3:0. O'yinning qolgan daqiqalarida boshqa gol kiritilmadi va "Navbahor" vodiy derbisida 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
Superliga. 15-tur
“Navbahor” – “Qo'qon-1912” 3:0
Gollar: Ilhom Boydedaev 5, - 1:0. Azamat Allaniyozov 19, - 2:0 (Sardor Sulaymonov). Ro'zimboy Ahmedov 74, - 3:0.
"Navbahor": Botirali Ergashev, Oston O'runov, Ayubxon No'monov, Ilhom Boydedaev (Zohir Pirimov, 73), Azamat Allaniyozov (Nenad Inyac, 80), Sardor Sulaymonov (Ro'zimboy Ahmedov, 64), Mirzohid G'ofurov, Azam Aliev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoevich.
"Qo'qon-1912": O'tkir Yusupov, Bahodir Akromov, G'iyosjon Komilov (Oybek Rustamov, 61), Jamshid Hasanov, Avazxon Mamatxo'jaev (Javohir Sidiqov, 25), Quvondiq Ro'ziev (Nosirbek Otaqo'ziev, 46), Bahodir Pardaev, Suhrob Berdiev, Murod Xolmuhammedov, Darko Gojkovich, Marko Milich.
Hakamlar: A.Asimov, R.SHoyaxmetov, A.Kalinin, D.Karimov.
Fikrlar