So’nggi yangiliklar

10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 09:57Усикнинг Уайлдер билан жанги Дана Уайтнинг промоушенида ўтказилиши мумкин 0 09:33Тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи IBA Nomad 15 турнирида жанг қилди 0 18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0 14:57Ўзбекистон кубогининг илк куни 6 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:26"Барселона" "Манчестер Юнайтед"га Жюль Кундени сотиб олишни таклиф қилди 0 13:54Нурсултон Рўзибоев: "Жанг қабул қилинди. Кейинги рақиб — топ!" (ФОТО) 0 13:01Расман. Шоҳжаҳон Эргашев Жукембаев эмас, Шаҳрам Ғиёсовнинг собиқ рақиби билан жанг қиладиган бўлди + ПОСТЕР 0

28 avg 08:33
Yangiliklar

Futbol

Superliga. "Paxtakor" sentyabr boshida uchta o'yin o'tkazadi

O'zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola Superliganing II davra uchrashuvlari karantin qoidalari yumshatilganidan kelib chiqib, uy-safar tizimida o'tishini malum qilgandi.

Sir emaski, “Paxtakor” futbol klubi Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun 10 sentyabr kuni Qatarga yo'l oladi. SHu bois, Superliga uchrashuvlarini to'liq yakuniga etkazish uchun O'zPFL “Paxtakor” klubining 10 sentyabrga qadar 3 ta rasmiy o'yinda maydonga tushishi kerakligini malum qildi va rejaga kiritdi. Bunda “Paxtakor” ketma-ketlikda “Navbahor”, “Buxoro” va “Metallurg” klublariga qarshi kurash olib borishi kerak.

O'FA Terma jamoalar markazi 3 sentyabr kuni Tojikistonga qarshi o'rtoqlik o'yini bor ekanidan kelib chiqib, “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari ketma-ketligini o'zgartirishni so'radi. Ammo “Buxoro” klubi markazlashtirilgan musobaqada qolgan jamoalardan bitta ko'proq o'yinda maydonga tushgani, shuningdek, klubni bir qator futbolchilar tark etganidan kelib chiqib, mazkur taklifga rozi bo'lmadi. 

O'z navbatida “Paxtakor” klubi Qatar safari oldidan Namangan yoki Muborakda emas, yaqinroq hududda uchrashuv o'tkazishi to'g'riroq bo'lishi, shundan kelib chiqib, ketma-ketlikni taqvim bo'yicha belgilash to'g'ri bo'lishini malum qildi. O'zPFL klublarning bu takliflarini hurmat qiladi. 

SHundan kelib chiqib, uchrashuvlar quyidagi sanalarga belgilandi:

1 sentyabr, 19:00 “Navbahor” — “Paxtakor”

5 sentyabr, 18:00 “Buxoro” — “Paxtakor”

8 sentyabr, 19:00 “Metallurg” — “Paxtakor”

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing