19 jan 18:49
Yangiliklar
Superliga yangi mavsumiga 10 fevral kuni qura tashlanadi
SHundan kelib chiqib, 10 fevral kuni yangi mavsumga qura tashlanadi.
Uchrashuvlar sanalariga oydinlik kiritilishi uchun dastavval OFK taqvim rejasini kutishga to'g'ri keldi. Endilikda CHempionlar ligasi, OFK kubogi, Osiyo chempionati U23, Osiyo kubogining saralash musobaqalari qaysi sanalarga to'g'ri kelishi malum bo'lib ulgurgan.
Avvalroq xabar berilganidek, mavsum odatga ko'ra Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. O'zbekiston chempioni sifatida “Paxtakor”, kubokning amaldagi sohibi sifatida “Nasaf” jamoalari to'qnash keladigan Superkubok 27 fevral — yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuvga mezbonlik qiladigan stadion masalasida O'zPFL o'z rejasiga ega. Faqatgina masala ikki taraf o'rtasida hal etilgach, stadion nomiga aniqlik kiritib o'tiladi.
Superliga esa 2 mart sanasidan etiboran start oladi. CHempionlar ligasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan klub(lar) guruh bosqichi uchrashuvlarida ishtirok etayotgan bir vaqtda qolgan jamoalar O'zbekiston kubogining guruh bosqichida qatnashadi.
Fikrlar