06 noy 17:20
Yangiliklar
Futbol
Superligadan 3 futbolchi Qirg'iz Respublikasi terma jamoasidan chaqiruv oldi
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasining JCH-2026 saralashi doirasidagi o'yinlariga tayyorgarlik ko'radigan futbolchilar ro'yxati elon qilindi.
Kengaytirilgan ro'yxatdan Valeriy Kichin ("Lokomotiv"), Kimi Merk ("Paxtakor") va Joel Kojo ("Dinamo") joy olishdi.
Qirg'iziston noyabr oyida safarda BAA (14 noyabr) va o'z maydonida Eronga (19 noyabr) o'ynaydi. Terma jamoa bugun, 6 noyabr kuni Doxa shahrida yig'inni boshladi. Yig'in 12 noyabrga qadar davom etadi va shundan keyin terma jamoa Abu-Dabiga yo'l oladi.
Havola :
Fikrlar