04 iyu 15:29
Yangiliklar
SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Nodirbek Abdusattorov rapid turnirini Top-3`da yakunladi
Grand Chess Tour’ning uchinchi bosqichi hisoblangan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Musobaqa rapid va blic bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lib, 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda.
Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Alireja Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav (ikkisi ham Franciya), Rameshbabu Praggnanandha, Gukesh Dommaradju (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri, Yorden Van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya), Ivan Sarich (Xorvatiya).
Musobaqa formati va vaqt nazorati:
Rapid: 25 daqiqa + 10 soniya (9 raund)
Blic: 5 daqiqa + 2 soniya (18 raund)

Turnirning rapid bahslari doirasida o'tkazilgan 9 ta tur partiyalarida Nodirbek Abdusattorov 11 ochko to'plab, kuchli uchlikdan joy oldi. U kechagi uchta uchrashuvda ijobiy natija qayd etdi va 6-pog'onadan 3-o'ringa ko'tarildi. Grossmeysterimiz amaldagi jahon toji sohibi hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan durang o'ynab, peshqadam Alireza Firuzdja hamda xorvatiyalik Ivan Sarichni mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun musobaqada blic turniriga start beriladi.

Fikrlar