So’nggi yangiliklar

19:29Жиззахда 4 млрд 634,2 млн сўм эвазига бунёд этилган Қиличбозлик мажмуаси фойдаланишга топширилди 0 19:02Шавкат Раҳмонов қандай ҳолатда UFC чемпионлик пойгасига қайтиши мумкинлиги айтилди 0 18:30Масвидаль UFC'га қайтиши ва Эдвардс билан эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 17:48Инфантино йирик футбол мамлакатларини танқид қилди 0 17:05"Алекс энди аввалгидек эмас". Махачев Волкановски - Евлоев жангига тахмин билдирди 0 16:46Санжар Ташкенбай Иноуэ билан жанг қилишни истайди 0 16:16Муҳиддин Мамажонов Амирхон Алихўжаевни нокаутга учратган жангчи билан тўқнаш келади! (ПОСТЕР) 0 15:50"Челси" Энцо Фернандеснинг эҳтимолий трансферига захира вариантларни топиб қўйди 0 15:22Мераб Двалишвили: "Мен барча доғистонликларни ҳурмат қиламан, фақат бир кишидан ташқари" 0 15:14Расман! Фурқатбек Ёқубов Mangu Лигасининг илк чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:55"Тайёрман!". Ҳасанбой Дўсматов Бибоссиновга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 14:28Бобур Қурбонов Prime FL камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0

05 iyu 11:31
Yangiliklar

SHaxmat

SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Nodirbek blicda ham, umumiy ro'yxatda ham 2-o'ringa ko'tarildi!

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda blic bahslari boshlandi.

Grand Chess Tour’ning uchinchi bosqichi hisoblangan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Musobaqa rapid va blic bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lib, 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. 

Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Alireja Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav (ikkisi ham Franciya), Rameshbabu Praggnanandha, Gukesh Dommaradju (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri, Yorden Van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya), Ivan Sarich (Xorvatiya).


Musobaqa formati va vaqt nazorati:

Rapid: 25 daqiqa + 10 soniya (9 raund)

Blic: 5 daqiqa + 2 soniya (18 raund)

Turnirning rapid bahslarida Nodirbek Abdusattorov 11 ochko bilan 3-o'rinni band etgandi. Kechadan blic, yani tezkor shaxmat bo'yicha 18 turdan iborat bahslar boshlandi. Birinchi kun 9 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Grossmeysterimiz amaldagi jahon toji sohibi hindistonlik Gukesh Dommaradju, franciyalik Maksim Vashe-Lagrav, germaniyalik Vinsent Keymer, niderlandiyalik Anish Giri, ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikni mag'lubiyatga uchratdi. Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha va peshqadam Alireza Firuzdjaga qarshi kechgan bahslarda imkoniyatni boy berdi. Xorvatiyalik Ivan Sarich va niderlandiyalik Yorden Van Forest bilan durang o'ynadi. 

Abdusattorov blic bahslarida 6 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Alireza Firuzdja 8 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Agar kecha o'zaro o'yindagi juda yaxshi vaziyatda g'alabani tantana qilganida Nodirbek Alirezaning o'rnida karvonboshi bo'lardi. Uchinchi pog'onadan joy olgan yana bir francuz Maksim Vashe-Lagrav hisobida ham 6 ochko bor. 

Nodirbek rapid va blic bahslarining umumiy ro'yxatida ham ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Uning hisobida 17 ochko bor. Maksim Vashe-Lagrav 17 ochko bilan kuchi uchlikka yakun yasagan. Alireza Firuzdja 20 ochko bilan umumiy ro'yxatda birinchi o'rinni band etgan. Bugun blic bahslarida 9 tur partiyalari o'ynaladi. Bugungi kunni Nodirbek oq donalarda Gukesh Dommaradjuga qarshi uchrashuv bilan boshlanadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing