So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

06 iyu 10:27
Yangiliklar

SHaxmat

SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Nodirbek va Alireza bir xilda ochko to'pladi, chempion nomini armagedon hal qildi

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.

Grand Chess Tour’ning uchinchi bosqichi hisoblangan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqa rapid va blic bo'yicha o'tkazilib, 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bordi. 

Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Alireja Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav (ikkisi ham Franciya), Rameshbabu Praggnanandha, Gukesh Dommaradju (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri, Yorden Van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya), Ivan Sarich (Xorvatiya).


Musobaqa formati va vaqt nazorati:

Rapid: 25 daqiqa + 10 soniya (9 raund)

Blic: 5 daqiqa + 2 soniya (18 raund)


Turnirning rapid bahslarida Nodirbek Abdusattorov 11 ochko bilan 3-o'rinni band etgandi. Ikki kunlik blic, yani tezkor shaxmat bo'yicha o'tkazilgan 18 turdan iborat murosasiz bahslarda Nodirbek franciyalik peshqadam Alireza Firuzdjani ochkolar bo'yicha quvib etdi. So'nggi turda ochkolar teng bo'lib turgan holatda ular o'zaro to'qnash kelishdi. Muqarrar mag'lubiyat holatini durangga olib chiqib ketgan Nodirbek raqibi bilan bir xil - 24 ochkodan jamg'ardi. 

Reglamentga ko'ra, chempion nomini aniqlash uchun tay-brekka murojaat qilindi. Tay-brekning ikkala partiyasida ham kuchlar teng keldi - grossmeysterlar durang o'ynashdi. Endi navbat armagedon partiyasiga keldi. Quraga ko'ra Nodirbek oq donalarda o'ynaydigan bo'ldi. Qoidaga muvofiq qora donada o'ynaydigan shaxmatchi durang o'ynagan taqdirda ham g'olib deb topiladi va chempionlikka erishadi. Yakunda ham shunday bo'ldi. Armagedon durang bilan tugadi va Alireza g'alaba qozonmay turib, musobaqa chempioniga aylandi.

CHempionlik Alireza Firuzdjaga 47 500, ikkinchi o'rin sohibi Nodirbek Abdusattorovga 42 500 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Bir xilda ochko to'plab, uchinchi va to'rtinchi o'rinlardan joy olgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha hamda francuz Maksim Vashe-Lagrav 25 000 dollarga ega chiqishdi. Nodirbekka ikkala partiyada ham yutqazgan amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju 6-o'rin bilan kifoyalandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing