02 iyu 09:48
Yangiliklar
SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 start oldi. Abdusattorov ilk kungi 3 ta partiyada qanday natija qayd etdi?
Grand Chess Tour’ning uchinchi bosqichi hisoblangan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Musobaqa rapid va blic bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lib, 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi.
Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Alireja Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav (ikkisi ham Franciya), Rameshbabu Praggnanandha, Gukesh Dommaradju (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri, Yorden Van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya), Ivan Sarich (Xorvatiya).
Musobaqa formati va vaqt nazorati:
Rapid: 25 daqiqa + 10 soniya (9 raund)
Blic: 5 daqiqa + 2 soniya (18 raund)
Turnirning dastlabki kuni rapid bo'yicha 3 ta tur partiyalari o'ynaldi. Nodirbek Abdusattorov Bogdan-Daniel Dik va Anish Giri bilan durang qayd etib, germaniyalik Vinsent Keymerga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikki ochko jamg'argan hamyurtimiz hozircha 10 ishtirokchi orasida 8-pog'onada bormoqda. Bugun 4-turda u francuz Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona suradi.

Fikrlar