05 iyu 13:08
Yangiliklar

Superunited Rapid & Blitz Croatia. Gukesh chempion bo'lgan rapid bahslarida Abdusattorov nechanchi o'rinni egalladi?
Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa rapid va blic yo'nalishlarida o'tkazilyapti. Unda Magnus Karlsen, Gukesh Dommaradju, Fabiano Karuana singari shaxmat yulduzlari qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham sovrinli o'rinlar uchun dona surmoqda.
Uch kunlik bahslardan so'ng musobaqaning rapid yo'nalishida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. To'qqiz tur natijasiga ko'ra, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju 14 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin 11 ochko jamg'argan polshalik Yan-Krishtoff Dudaga nasib qilgan bo'lsa, norvegiyalik afsona Magnus Karlsen 10 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Musobaqaning uchinchi kuni shaxmatchilar rapid bahslarining 3 ta turida o'zaro bellashishdi. Nodirbek Abdusattorov uchchala partiyada ham durang natija qayd etdi. Avvaliga Yan-Krishtoff Duda, keyin Magnus Karlsen bilan murosaga keldi. So'nggi turda esa franciyalik Alireza Firuzdja bilan durangga imzo chekdi.
SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 18 imkoniyatdan 6 ochkogina jamg'arib, rapid bahslarini 10 ishtirokchi orasida so'nggi 10-o'rinda yakunladi. Turnirda g'alabaga 2, durangga 1 ochko beriladi.
Bugundan musobaqada 18 turdan iborat blic, yani tezkor shaxmat bahslari boshlanadi.
Fikrlar