05 may 08:06
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suv sport turlari bo'yicha jahon chempionati 2022 yilga ko'chirildi
Koronavirus pandemiyasi sabab suv sport turlari bo'yicha jahon chempionati 2022 yilga ko'chirildi.
Bu haqida Xalqaro suzish federaciyasi rasmiy saytida xabar chop etildi. Aslida ushbu jahon chempionati 2021 yilning 16 iyulidan 1 avgustiga qadar Yaponiyaning Fukuoka shahrida o'tkazilishi kerak edi.
SHu yili o'tkazilishi kerak bo'lgan Tokio-2020 Olimpiadasi esa koronavirus pandemiyasi sabab 2021 yilga ko'chirildi. Olimpiada 23 iyuldan 8 avgustga qadar o'tkaziladi. Bir paytda ikkita nufuzli turnirni bir davlatda o'tkazishning imkoni yo'q. SHu sababdan ham suv sport turlari bo'yicha jahon chempionati 2022 yilning 13-29 may kunlariga ko'chirildi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar