11 jan 08:45
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suv sporti turlari bo'yicha JCHda ishtirok etadigan tarkibimiz malum. Tarkibda ikki nafar Evropa chempioni bor!
Joriy yilning 2-18 fevral kunlari Qatar poytaxti Doxada suv sporti turlari bo'yicha Jahon chempionati o'tkaziladi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etadi.
Kuni kecha O'zbekiston suzish federaciyasi Qatardagi JCHda qatnashadigan tarkibimizni elon qildi. Ahamiyatlisi, tarkibdan suzish bo'yicha o'smirlar o'rtasida Evropa chempioni Ilya Sibircev hamda suvga sakrash bo'yicha o'smirlar o'rtasida Evropa chempioni Vyacheslav Kachanov, shuningdek, Kvangju Universiadasi g'olibi Igor Myalin ham o'rin oldi.
Suzish: Eldor Usmonov, Ilya Sibircev
Suvga sakrash: Igor Myalin, Vyacheslav Kachanov
Sinxron suzish: Ziyoda Toshxo'jaeva, Diana Onkes, Anna Vashenko.
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar