01 dek 16:45
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suzish. Rossiyalik suzuvchi O'zbekiston terma jamoasi tarkibida AQSHda o'tkazilgan musobaqa sovrindoriga aylandi
Amerika Qo'shma SHtatlarining SHimoliy Karolina shtatida suzish bo'yicha "Toyota US Open" musobaqasi o'tkazilmoqda.
Musobaqada asli rossiyalik suzuvchi Ilya Sibircev O'zbekiston terma jamoasi azosi sifatida ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, sportchi 800 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida 7:54.36 natija qayd etib, shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi va bronza medalini qo'lga kiritdi.
Mazkur dasturda oltin medal AQSH vakili CHarli Klarkka nasib etgan bo'lsa, ayollar o'rtasidagi bahslarda 7 karra Olimpiada g'olibi Keti Ledeki birinchi bo'lgan.
Malumot uchun, 22 yoshli Ilya Sibircev 2019 yilda Rossiya terma jamoasi safida o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionati g'olibi bo'lgan. Hozirda u AQSHda istiqomat qiladi va mashg'ulot olib boradi.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar